
Tadqiqotchilar Viktor laqabli burgut bo‘yniga mahkamlangan GoPro kamerasi orqali Alp tog‘laridagi muzliklarning erishi tasvirlangan lavhalarga ega bo‘ldi. Videolavha Eagle's Wings Foundation xayriya tashkilotining YouTube-kanaliga joylashtirildi.
Burgut tog‘lar uzra parvoz qilib iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kameraga muhrladi: ilgari qor bilan qoplangan cho‘qqilar ko‘rinib qolgan. Viktor shuningdek, eriyotgan muzliklarni ham suratga olgan.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti global isish oqibatida butunjahon falokati yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantirgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar