Rossiya Moliya vazirligi YeOII a’zosi bo‘lmagan MDH davlatlari migrantlari uchun, tajriba tariqasida, soliq tartibi joriy etishni rejalashtirmoqda.
Moliya vazirligi O‘zbekiston, Tojikiston, Ukraina, Ozarbayjon va Moldovadan kelgan mehnat migrantlariga patent to‘lovi o‘rniga "O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soliq tizimi"dan foydalanishni taklif qilmoqchi. Bu migrantlar xarajatlarining kamayishiga xizmat qilishi mumkin.
Mutaxassilar fikriga ko‘ra, mehnat migrantlari maoshlariga 4-6 % soliq solish, ular ishlasa-ishlamasa-da oyiga to‘lanayotgan 4-5 ming rubl patent pulidan ko‘ra kamroq bo‘lishi mumkin.
Ushbu chora Rossiyaga yanada ko‘proq mehnat migrantlarni taklif qilish uchun amalga oshirilmoqda. Chunki bugungi kunda, demografik sabablar tufayli, Rossiyada mehnatga layoqatli aholi soni kamayib bormoqda va ishchi kuchiga ehtiyoj sezilmoqda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiya migrantlar soni bo‘yicha dunyodagi katta uchlikka kirgan. Birinchi o‘rinda AQSh – 50 mln migrant, ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni – 37 mln., Rossiya – 12 mln migrantlar soni bilan uchinchi o‘rinda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi