08:10 / 17.10.2019
5 919

Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun syurpriz tayyorlamoqda

Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun syurpriz tayyorlamoqda
Rossiya Moliya vazirligi YeOII a’zosi bo‘lmagan MDH davlatlari migrantlari uchun, tajriba tariqasida, soliq tartibi joriy etishni rejalashtirmoqda.

Moliya vazirligi O‘zbekiston, Tojikiston, Ukraina, Ozarbayjon va Moldovadan kelgan mehnat migrantlariga patent to‘lovi o‘rniga "O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soliq tizimi"dan foydalanishni taklif qilmoqchi. Bu migrantlar xarajatlarining kamayishiga xizmat qilishi mumkin.
Mutaxassilar fikriga ko‘ra, mehnat migrantlari maoshlariga 4-6 % soliq solish, ular ishlasa-ishlamasa-da oyiga to‘lanayotgan 4-5 ming rubl patent pulidan ko‘ra kamroq bo‘lishi mumkin.

Ushbu chora Rossiyaga yanada ko‘proq mehnat migrantlarni taklif qilish uchun amalga oshirilmoqda. Chunki bugungi kunda, demografik sabablar tufayli, Rossiyada mehnatga layoqatli aholi soni kamayib bormoqda va ishchi kuchiga ehtiyoj sezilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiya migrantlar soni bo‘yicha dunyodagi katta uchlikka kirgan. Birinchi o‘rinda AQSh – 50 mln migrant, ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni – 37 mln., Rossiya – 12 mln migrantlar soni bilan uchinchi o‘rinda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun syurpriz tayyorlamoqda