3 273
“Turkiya Trampning xatini esdan chiqarmaydi”: Erdo‘g‘an AQSh prezidenti xatiga izoh berdi
Foto: EPA/UPG
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampning unga yo‘llagan xatiga izoh berdi va amerikalik hamkasbiga vaqti kelib javob qaytarishini aytdi.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, uning mamlakati Trampning Turkiyaning Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazishi bilan bog‘liq “keskin” xatini “esdan chiqarmaydi”. Erdo‘g‘an bu haqda Istanbulda xorijiy jurnalistlar oldidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Tramp 9 oktyabrdagi xatida Erdo‘g‘anni Suriyada harbiy amaliyot boshlamaslikka va “qattiqqo‘llik va ahmoqlik qilmaslikka”ka chaqirgan.
Erdo‘g‘an Turkiya “mavridi kelganda” ushbu xatga javoban “barcha zarur ishni amalga oshirishini” aytgan. Biroq u “qanday o‘ch olishi” tafsilotlariga berilmagan.
“Prezident Trampning siyosiy va diplomatik xushmuomalikdan xoli xati OAVda paydo bo‘ldi. Albatta, biz buni unutmadik. Biz buni esdan chiqarsak noto‘g‘ri bo‘ladi”, deb aytgan Turkiya yetakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?