13:30 / 24.10.2019
4 137

O'z bolalarini "Zombi"ga aylantirgan ona

O'z bolalarini "Zombi"ga aylantirgan ona
25 yoshli Karle Tomas bolalari to‘rt yoshli Oktyabr va go‘dak Karolina uchun uyushtirilgan Hellouin bayramida ularni "zombi bolalar"ga aylantirib suratga olgan.
Aslida o‘z suratlarini kamdan-kam Internetga joylashtiragan ona, o‘tgan hafta o‘sha suratlarni Facebook'ga yukladi va minglab trollarning malomat toshi ostida qoldi.

"Bu suratlarni ko‘rgach odamlar o‘zimni o‘ldirishim kerakligini, uyqumda o‘lib qolishim kerakligini, yomon ona ekanligimni va bolalarimni mendan olib qo‘yishlari kerakligini aytishdi", - deydi Karli.

"Odamlar bundan juda g‘azablandilar. Bilmayman nega odamlar postimni odatiy postlardek shunchaki ko‘rib, o‘tkazib yuboravermaydilar. Menga kamida 200 ta nafrat va g‘azabga limmo-lim bo‘lgan xatlar keldi."

Zombilar haqidagi ushbu rasmlardan biri soxta plastik miyani ushlab turgan, qizil jele va eritilgan shokoladdan tayyorlangan "qon" bilan to‘ldirilgan chelakda o‘tirgan kichkina Karolinani namoyish etadi. Ikkinchisi esa Oktyabrning yuzidan qon oqib turganini tasvirlaydi.

Facebook'da ular haqida nafaqat yomon fikrlar, balki yaxshilari ham bo‘lsada, Karle jamoatchilik tanqidiga uchraganidan norozi. U bolalari ushbu sun’iy qonning ta’midan mamnun ekanliklarini aytib, ijtimoiy tarmoqlardagi trollarga yana bir zarba berdi.

O‘zi shu sohaning fotografi bo‘lgan Karle gapini davom ettirdi: "Men ularni Internetda joylashtirish biroz xavfli ekanligini bilardim, chunki bu hamma ham tushunadigan mavzu emas, lekin men odamlar bu haqda bunchalik g‘azablanib yurishadi deb o‘ylamaganman."

"Biz yil davomida dahshatli suratlar olamiz, lekin men ularni odatda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmasdim."

"Ushbu sun’iy qonning tarkibi qulupnay jele, suv va shokolad siropidan tashkil topgan. U shokolad bilan qoplangan gilos kabi ta’mga ega, shuning uchun ikkala qizim ham uni sevib tatib ko‘rdilar."

"Ularning yuzlaridagi qon qulupnay siropi, shokolad siropi va ba’zi ularni qalinlashtiruvchi vositalarning aralashmasidir, shunda u yanada real ko‘rinishi mumkin. Miya plastikdir va men uni yanada aniqroq qilish uchun bo‘yab qo‘ygandim."

"Dahshatli effektning aksariyati tahrirdan olingan. Agar siz fotosuratlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameradan ko‘rsangiz, Karolina shunchaki chelakdagi baxtli chaqaloqqa o‘xshaydi."

Asli AQShning Dekatur shahridan bo‘lgan hozirda Alabama shtatida yashovchi fotograf Karle Tomas, shuningdek, uning eri 28 yoshli Benjamin uning qilgan ishidan juda faxrlanadi va qizlarining Hellouin bayramini o‘zgacha o‘tkazishga haqqi borligini aytishmoqda. Va kam sonli bo‘lsada u yaratgan san’at asaridan rohatlanayotganlar ham topiladi.

zombi Hellouin sun'iy qon
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)