Kit bolalari suv ostida qanday oziqlanadi? (video)

1 daqiqa o'qish407
Kit bolalari suv ostida qanday oziqlanadi? (video)

Kitlar baliqlar kabi tuxum qo‘yib ko‘paymaydi. Ular sutemizuvchilar hisoblanadi, ya’ni bolalarini tirik tug‘adi va ona suti bilan oziqlantiradi. Eng qiziq jihati shundaki, kit bolalarining emizilishi ham suv ostida amalga oshadi.

Emizish vaqtida kit bolasi lablari bilan ona sut bezini mahkam ushlab turadi. Ona kit esa maxsus kuchli mushaklari yordamida sutni bolaning og‘ziga purkab beradi. Shu sababli sutning dengiz suviga aralashib, tarqalib ketishi kamayadi.

Kit suti oddiy sutdan ancha quyuq bo‘lib, tarkibida 35–50 foizgacha yog‘ bo‘lishi mumkin. Yuqori yog‘ miqdori tufayli sut suvda tez erib ketmaydi va kit bolasi qisqa vaqt ichida katta miqdorda energiya oladi.

Bu esa ularning juda tez o‘sishiga yordam beradi. Ayrim yirik kit turlarining bolalari kuniga 40–90 kilogrammgacha vazn qo‘shishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?