08:47 / 27.10.2019
4 158

Bir kechada multi-milliarderga aylangan yigit

Bir kechada multi-milliarderga aylangan yigit
24 yoshli yigit unga oilaviy kompaniyaning to‘rtdan bir qismini o‘tkazganligi tufayli bir kechada multi-milliarderga aylandi.

O‘tgan yili Pensilvaniya Universitetini moliya yo‘nalishini bitirgan Erik Tsega endilikda Sino Biofarmatsevtika kompaniyasining eng katta aksioneridir. Unga seshanba kuni taxminan 2,98 milliard funt sterling o‘tkazib berilgan.

Kompaniyaning chorshanba kungi bayonotiga ko‘ra, u ijrochi direktor va kompaniyaning boshqaruv kengashi a’zosi etib tayinlangan.

U kompaniyani boshqarishga uncha qiziqmasa ham, ijtimoiy tarmoqlarda faol ko‘rinadi, chunki ko‘pincha Rihanna va Bella Xadid singari mashhur kishilar bilan birga o‘tirgan rasmlarini joylashtiradi.

Shuningdek, u NBAning sobiq basketbol yulduzi Yao Ming va Olimpiya o‘yinlarining oltin medal sovrindori Sun Yang bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqda.

U materikdagi eng mashhur xitoylik siyosatchilar bilan yaqin aloqada va Monako malikasi Sharlen va Fransiyaning sobiq birinchi xonimi Karla Bruni kabi mashhur xonimlar bilan ham uchrashgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir kechada multi-milliarderga aylangan yigit