
Niderlandiyaning Xarlen shahrida o‘lgan onasining pensiyasini olish uchun uning jasadini 2,5 yil saqlab o‘tirgan 66 yoshli odam kassatsiya sudi qaroriga ko‘ra 10 oyga qamaldi.
VVS xabarida aytilishicha, uning 91 yoshli onasi 2013 yilning iyulida olamdan o‘tgan. Biroq oylik daromadi kamayishidan qo‘rqqan o‘g‘il bu haqda hech kimga og‘iz ochmagan. Onasining jasadini folga bilan havo o‘tkazmaydigan qilib o‘rab, tobutga solib qo‘ygan. Tobutni esa onasining xonasida saqlagan. Xonaga havo kirishi uchun kechqurunlari derazalarni ochib qo‘ygan, bundan tashqari, tinimsiz yoqimli isli spreylardan foydalangan.
Tobut 2,5 yildan keyin qo‘shnilarning sa’y-harakati bilan topildi. Bu vaqt davomida niderlandiyalik odam onasining nomiga 72 800 yevro pensiya olgan. O‘zining aytishicha, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lib qolmaslik uchun ana shunday yo‘l tutgan va buning uchun o‘lmasidan oldin onasining roziligini olgan.
Sud pensiya pullarining qaytarilishiga qaror qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar