Olmaota shahrida yashovchi 10 yoshli bolakay Nurbakit Galimjan mamlakat prezidentiga ochiq xat yozdi. U prezident Qosim-Jomart Tokayevdan kuzgi ta’tillarni uzaytirib berishni, maktab dasturidagi bir nechta fanlarni olib tashlashni va bepul sport mashg‘ulotlari tashkil qilib berishni so‘radi, deb yozmoqda Sof.uz nashri qozoq matbuotiga tayanib.
Bolaning onasi Alma Berikkalining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li kutilmaganda mamlakat prezidentiga xat yozmoqchi ekanini aytgan.
“Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich, nima uchun kuzgi ta’til vaqti juda qisqa. Maktab dasturi nihoyatda murakkab. Shuningdek, unda bir qancha keraksiz fanlar mavjud: Duniyetanu (dunyoni anglash), Ozin ozi tanu (o‘zini o‘zi anglash), Өlketanu (Vatanni anglash). Shuningdek, o‘g‘il bolalar kuchli bo‘lishlari kerak, ular bo‘lajak otalar. Va oilaning tayanchi. Shu sababli ular sport seksiyalariga borishlari kerak. Anavi ortiqcha fanlar bizning qimmatli vaqtimizni olmoqda. Shu tufayli biz maktabga borgimiz kelmay qolgan. Maktabimizda bepul sport seksiyasi faoliyat yuritishini xohlardim. Qosim-Jomart Kemelevich, umid qilamanki, siz mening xatimni javobsiz qoldirmaysiz”, - deb yozgan Olmaotadagi 138-gimnaziyaning 4-sinf o‘quvchisi Nurbakit Galimjan.
Onasi Alma Berikkali xatni Oqo‘rdaga yubormagan, shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas