Turkiya harbiylari Suriyada boshqa davlatlarning qurolli kuchlari qolar ekan, Suriyani tark etmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara mintaqada terrorchilar qolar ekan, u yerdan ketmaydi, Suriyadagi operatsiya esa ikki davlat o‘rtasida 911 kilometrlik umumiy chegara borligi bilan bog‘langan.
“Biz boshqa davlatlar ketganidan keyingina ketamiz. Rossiyada ham, AQShda ham, Eronda ham Suriya bilan umumiy chegara yo‘q”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
U Anqara Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya yetakchisi, shuningdek, AQShni kurd otryadlarini olib chiqish bo‘yicha va’dalarni bajarmayotganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlari kurd jangarilari bilan birga Ras-al-Ayn va Qamishli shaharlari o‘rtasidagi hududda patrul nazoratini olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi