XVII-XVIII asrlar davomida odamlar Afrika qit’asidan o‘g‘irlab ketildi va Amerika koloniyalarida qullikka mahkum qilinib, tamaki va paxta yetishtirishda asosiy xizmatkor sifatida ishlashga majbur qilindi. XIX asrning o‘rtalariga kelib, Amerikadagi qullikni bartaraf qilishda ko‘plab harakatlar boshlanib bu esa qonli fuqarolar urushiga aylanib ketishiga sabab bo‘ldi. Ittifoqning g‘alabasi mamlakatning to‘rt million qulini ozod qilgan bo‘lsa ham, Amerika tarixidagi qullikning ta’sirini yo‘qotmagan edi.
Amerikada qullik 1619 yilda "Oq sher" xususiy firmasi 20 nafar afrikalik qullarni Britaniyaning Jeymstaun (Virjiniya) koloniyasiga olib kirgan paytdan boshlandi. Aniq ma’lumot berishning iloji yo‘q bo‘lsa-da, ba’zi tarixchilar, XVIII asrning o‘zida Yangi Dunyoga 6-7 million qora tanli qullar olib kirilganini va Afrika qit’asi o‘zining ma’lum miqdordagi xalqidan ayrilganini aytishadi.
XVII-XVIII asrlarda qora tanli qullar asosan janubiy qirg‘oqdagi tamaki, guruch va indigo plantatsiyalarida, Merilend va Virjiniya janubidagi Chesapeake ko‘rfazi koloniyalaridan Jorjiya shtatiga qadar ishlaganlar.
Tarixda quldorlik tuzumi qanchalik uzoq davom etgan bo‘lsa-da baribir bir kun bu tuzumga chek qo‘yilishi aniq edi. Shunday ekan quldorlikka qarshi juda ko‘p harakatlar olib borildi va bunda ko‘p buyuk shaxslarning qanchadan qancha mehnati singani tarixdan ma’lum. 1862 yil 22 sentyabrda Linkoln quldorlik tuzumini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni e’lon qildi va 1863 yil 1 yanvarda u "har qanday davlat ichidagi qullar ozod fuqaro bo‘ladi" deb e’lon qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi