15:15 / 24.11.2019
18 281

Dunyodagi eng ozg‘in ayol 39 yoshida vafot etdi

Dunyodagi eng ozg‘in ayol 39 yoshida vafot etdi
Dunyodagi eng ozg‘in ayol bu Valeriya Levitin deb topilgan edi. Valeriya 1973 yil Rossiyada tug‘ilgan. Qiz 16 yoshni qarshi olganda, uning ota-onasi Monakoga ko‘chib ketadi. Leraning ayanchli taqdiriga nozik ayollar modasi hamda tengdoshlarining zo‘ravonlik qilishi sabab bo‘lgan.
Uning o‘spirinlik paytidagi ko‘rinishi

Uni ajoyib ko‘rinishda bo‘lgan deb aytishingiz mumkin. Ha, bu mutlaqo to‘g‘ri!
Ammo Amerikada tahsil olgan qizaloqni tengdoshlari uni "semiz" deb masxara qilishgan. Hattoki unga "Sening bunday vazning bilan futbol maydonidagi darvozani ham yopish mumkin", - deb mazax qilishadi. Bunday gaplar qizning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘ng u onasidan maslahat so‘raydi. Onasi ozishi uchun qarshilik ko‘rsatmaydi. O‘sha payt qizning vazni 64 kilogramm edi.

Shunday qilib, Valeriya vazn yo‘qotishni boshladi. Avvaliga u buni juda yaxshi amalga oshirdi. U vazndan xalos bo‘lish usullarini o‘zida qo‘llab boraverdi.
Bir paytlar u model bo‘lishni orzu qilar edi. Bu orzusiga yetish yo‘lida hech narsa unga to‘sqinlik qila olmas edi. U kun sayin vaznini yo‘qotib borardi. Bir kuni u anoreksiya kasalligiga duchor bo‘lib qoldi. Hattoki 24 yoshida uning vazni 38 kg bo‘lib qolgan edi.

Uning bu holatini ko‘rgan ota-onasi zudlik bilan shifokorga murojaat qilishdi. Shifokorlar unga qanday to‘g‘ri ovqatlanish kerakligini tushuntirishga harakat qilishdi. Ammo bu prognoz unga yordam bermadi.

Kasalligi sababli u oila ham qura olmadi. 10 yildan buyon yolg‘izlik uning hamrohiga aylanib bordi. Hayotining so‘nggi yillarida Valeriya Levitin modani ta’qib qilish va notanishlarning ko‘rsatmalariga amal qilib, qanday xato qilganini tushunib yetdi. U sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qila boshladi. Ammo bu endi juda kech edi. Qizning tanasi kasalliklarga bardosh bera olmadi. Valeriya 2013 yil 1 dekabrda 39 yoshida vafot etdi. Ayolning vazni atigi 25 kg ni tashkil etardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng ozg‘in ayol 39 yoshida vafot etdi