date
views 2 349

Xitoy Avstraliyadan boshpana soʻragan “josus”ni tovlamachi deb atadi

Xitoy Avstraliyadan boshpana soʻragan “josus”ni tovlamachi deb atadi
Foto: Reuters
Avstraliyadan siyosiy boshpana soʻragan goʻyoki Xitoy maxsus xizmati xodimi boʻlgan shaxs aslida tovlamachi boʻlib, ilgari ana shunday jinoyati uchun sudlangan, deb maʼlum qildi Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligining Shanxaydagi boʻlinmasi.

“Oʻzini xitoylik ”maxsus agent“ deb atagan Van Lisyan Fuszyan provinsiyasida tugʻilgan boʻlib, 26 yoshda, ishsiz, sud ishiga aloqadorligi sababli qochib yuribdi”, - deyiladi boʻlinma bayonotida.

Shanxay politsiyasining maʼlumotiga koʻra, Van Lisyan 2016-yil oktyabrda Fuszyan provinsiyasi xalq sudi tomonidan tovlamachiligi uchun bir yilu uch oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayd etilishicha, Van Lisyan 2019-yil fevralda 4,5 million yuan miqdoridagi yana bir tovlamachilik ishiga aralashib qolgan. U aprelda Hongkongga oʻtib ketgan. Tekshiruvlarga koʻra, uning pasporti va Hongkong fuqarosi ekanligi haqidagi hujjat soxta ekanligi aniqlangan.

Avvalroq Lisyan Avstraliya nashrlariga bergan intervyusida Avstraliya xavfsizlik va razvedka xizmatiga (ASIO) Xitoy harbiy razvedkasining Hongkongdagi katta ofitserlari shaxsini oshkor qilganini aytgan. Bundan tashqari, u Avstraliya maxsus xizmatiga Pekin Hongkong, Tayvan va Avstraliyaning siyosiy ishlariga qanday aralashishi va moliyalashtirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etganligini maʼlum qilgan.

Lisyanning aytishicha, u Tayvanda aholining siyosiy qarashlarini oʻzgartirish bilan shugʻullanuvchi “kiberarmiya” faoliyatini boshqargan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Avstraliyadan boshpana soʻragan “josus”ni tovlamachi deb atadi