Agar Eron yadroviy qurol yaratish bo‘yicha harakatlarini to‘xtatmasa, Isroil unga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligiga tayanib Azon.uz nashri.
“Isroil Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Harbiy aralashuv oxirgi chora bo‘ladigan bo‘lsa, biz bunga ham tayyormiz”, – deya yozdi Kats ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, «Isroil Eron hukumati o‘ldirgan chorasiz namoyishchilar emas». Tashqi ishlar vaziri bu gapi bilan yaqinda Eronda bo‘lib o‘tgan aksilhukumat namoyishlarida halok bo‘lganlarga shama qildi.
Israel Kats avvalroq arab davlatlari va G‘arbni Eronga qarshi kurashishga chaqirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?