
«Boko haram» terrorchi guruhi jangarilarining Nigeriya shimoli-sharqidagi Magumeri shahriga hujumi oqibatida kamida 15 kishi halok bo’ldi. Bu haqda "Sin xua" agentligi xabar berdi.
Jangarilar shaharga 11ta avtomobilda bostirib kirdi, dedi Nigeriya parlamenti deputati Usmon Zanna. Uning so’zlariga ko’ra, to’qnashuvda sakkiz nafar mahalliy mudofaa guruhi a'zosi, bir nafar xavfsizlik xizmati xodimi va olti nafar fuqaro halok bo’lgan.
Guvohlarning aytishlaricha, jangarilar yirik kalibrli pulemyotlardan foydalangan.
«Boko haram» 2002 yilda Nigeriya shimolida paydo bo’lgan. U mamlakatda hokimiyatni egallashni maqsad qilgan. «Boko haram» 2009 yildan faol terrorchilik harakatlariga o’tgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar