19:36 / 26.12.2019
8 480

Insonning oyga birinchi qadam qo‘yishi qanday kechgan edi?

Insonning oyga birinchi qadam qo‘yishi qanday kechgan edi?
1969 yil 20 iyul butun dunyo uchun muhim voqealardan biri: Insonning ilk oyga qadam qo‘yishi bo‘lgan. Amerika astronavti Nil Armstrong oyga ilk qadam qo‘ygan inson sifatida tarixga kirdi.

Oyga uchish nima uchun kerak edi?

XX asrning o‘rtalarida 2 eng yirik davlatlar sobiq SSSR va AQSh o‘rtasida juda ham kuchli raqobat bo‘lgan. Boshlanishiga kosmosni zabt etish 2-o‘rinda turgan: Raketa dasturlari uchun asosiy masala yadroviy zaryadlarni aytilgan nuqtaga yetkazish bo‘lgan. Hukumat rahbarlari kim eng yaxshi, takomillashgan raketaga ega bo‘lsa, ustunlik ham o‘sha tomonda bo‘lishini bilar edilar.
Kosmosni zabt etish, kosmosga uchish haqida o‘ylash, sekin asta vujudga kela boshladi: hammasi Sergey Korolyovning P-7 raketasini yaratishidan boshlandi. Uning yordamida kosmosga birinchi yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirilgan edi.

SSSR bu poygada ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan edi. 1961 yili Yuriy Gagarin Kosmosga uchdi, bu esa Amerikaliklarning mag‘rurligiga qattiq zarba bo‘ldi.

O‘shanda AQSh SSSRga bu poygada g‘oliblikni berib qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Kosmosni zabt etish uchun muhim qaror qabul qilindi - Oyga odam yuborish. Programma "Apollon" deb nomlandi. AQSh nafaqat milliy g‘urur, balki xalqaro hurmati haqida ham o‘ylayotgan edi. Bu programmani amalga oshirish Amerikadan juda katta pul talab qilar edi, natijada AQSh byudjetiga katta ziyon yetdi.

"Apollon-11" gacha nimalar bor edi?

Amerikaning muhandislari va astrofiziklarini juda ham ko‘p ishlar kutib turar edi. Hisob-kitob, ishlab chiqarish, mashq qilib ko‘rish, sinab ko‘rish... 1969 yilga qadar 20dan oshiq raketa uchirilgan.
"Apollon"ning uchirilgan eng mashhur raketalarini keltirib o‘tamiz:
- "Apollon-1"ning omadsiz starti Amerikaning 3 astronavti hayotiga zomin bo‘ldi. Ammo bu Amerikaning jangovor ruhini sindirmadi;
- "Apollon-1" fojeasidan so‘ng oyga 3 ta uchuvchisiz raketa Oy moduli maketi bilan uchirildi: "Apollon-4", "Apollon-5", "Apollon-6";
- 1968 yil oktyabr oyida birinchi uchuvchilar bilan boshqariladigan kosmik kema "Apollon-7" uchirildi. Ekipaj Yer orbitasi uzra 11 kun uchishgan;
- 1968 yilning dekabr oyida boshqariluvchi kosmik kema "Apollon-8" oy orbitasigacha uchdi;
- "Apollon-9" va "Apollon-10" esa Oy va Yer orbitasida uchirilib, sinab ko‘rildi.

Oydagi birinchi inson
"Apollon-11" 1969 yil 16 iyul kuni uchib ketdi. Uning bortida ekipajning 3 a’zosi - Maykl Kollinz, Bazz Oldrin va Nil Armstrong bo‘lgan. Oyga uchish hech qanday hodisalarsiz 4 kun davom etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Insonning oyga birinchi qadam qo‘yishi qanday kechgan edi?