Foto: vb.kg
Qirg‘iziston prezidentining TU-154 samolyoti 20 dekabrda texnik nosozlik sababli Sankt-Peterburdan ucha olmadi. Bu haqda Qirg‘iziston omaviy axborot vositalari Qirg‘iziston transport va yo‘llar vazirligi qoshidagi fuqarolik aviatsiyasi agentligiga asoslanib ma’lum qilgan.
Shu sababli Sankt-Peterburgda Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan Sooronbay Jeenbekov Bishkekka oddiy reysda qaytishiga to‘g‘ri kelgan.
Avvalroq qirg‘izistonlik deputatlar prezident samolyotining o‘zgartirilishini bir necha bor taklif qilishgan. Jumladan, deputat Abtandil Kulbarakov 2018 yilda parlament yig‘ilishlaridan birida Jeenbekovning bunday eski samolyotda uchishi nomaqbulligini aytgan.
“Davlat rahbari 1993 yilda ishlab chiqarilgan TU-154’da uchadi. U 25 yil avval ishlab chiqarilgan. Men bu samolyotda ishchi safarlar vaqtida parvozlar amalga oshirilishini tushunishim mumkin, ammo rasmiy safarlar vaqtida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Boz ustiga, bunday vaqtda prezidentga hukumat a’zolari, deputatlar va jurnalistlar hamrohlik qiladi”, deb aytgan deputat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi