
Foto: EPA/Vostock-photo
Fond vakili, siyosatchi Leonid Volkovning o‘z tvitterida xabar berishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari kuzatuv kameralarini yelimlab bekitishgan va eshiklarni buzib ochishga kirishishgan.

Bu vaqtda binoda 40 chog‘li kishi bo‘lgan. Volkovning fikricha, ko‘proq odamni qo‘lga olish maqsadida tintuv uchun ataylab shu vaqt tanlangan.
Volkov so‘nggi uch oy ichida ilk marta, tintuvga kelishlaridan 20 daqiqa oldin xayriya mablag‘lari qabul qilinadigan karta bloklangani haqida ma’lum qilgan.
Новогодний фейерверк! В ФБК pic.twitter.com/2DKAsCfekI
— Николай Ляскин (@nlyaskin) December 26, 2019
Fond asoschisi Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish esa siyosatchi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Shuningdek, «Navalniy LIVE» studiyasida ham tintuv ishlari boshlangan.
2019 yilning avgustidan buyon Tergov qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Tergov talqiniga ko‘ra, fond xodimlari «jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar»ni fond hisob raqamiga o‘tkazishgan. Avvaliga gap bir milliard rubl miqdoridagi mablag‘ haqida ketayotgandi, keyin bu miqdor 75 million rublgacha tushdi. Shu tufayli fond ofislarida muntazam ravishda tintuv ishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Fond 2011 yilning sentabrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu tashkilot korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Fond xayriyalar hisobidan moliyalashtiriladi. 9 sentabr kuni Rossiya adliya vazirligi fondni «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritgandi.
Aleksey NavalniySiyosatchiKorrupsiyaga QarshiHuquq-TartibotTintuv IshlariXayriya Mablag‘lari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar