Foto: Artem Korotayev / TASS
Moskvadagi garajdan 1949 yilda sobiq ittifoq yetakchisi Iosif Stalin yurgan ZIS-115 limuzini o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Baza nashri o‘z Telegram-kanalida ma’lum qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 6 nafar o‘g‘ri garajga yashirincha kirib, noyob mashinani evakuatorga ortib, noma’lum yo‘nalishda olib ketgan. Hujjatlarga ko‘ra, avtomobil ukrainalik oligarx Ruslan Tarpanning xavfsizlik xizmati boshlig‘iga tegishli bo‘lgan.
ZIS-115 sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan zirhlangan avtomobil bo‘lib, 1949-1955 yillarda Stalin nomidagi zavodda ishlab chiqarilgan. Hammasi bo‘lib ushbu mashinadan 56 dona chiqarilgan. Avtomobil birinchi navbatda Stalinga hamda sobiq ittifoq rahbarlariga mo‘ljallangan bo‘lgan.
Avtomobillarning aksariyatidan maxsus garajda foydalanilgan. Keyinroq ushbu model Yevropa va Osiyoning sobiq ittifoq bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan ko‘plab davlatlari yetakchilari garajidan joy olgan. Ushbu mashinaning eng oxirgi nusxasi maxsus garaj tizimidan 1994 yilda chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi