Foto: Reuters
AQSH mamlakatning Bag‘doddagi elchixonasiga namoyishchilar hujum qilgani munosabati bilan Yaqin Sharqqa zudlik bilan 750 nafar harbiyni yuboradi, deya ma’lum qildi Pentagon rahbari Mark Esper. Fox News telekanali manbalarining ma’lum qilishicha, AQSH yaqin kunlar ichida mintaqaga yana 4 ming harbiyni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
«Taxminan 750 nafar askar zudlik bilan mintaqaga joylashtiriladi. Qo‘shimcha kuchlari yaqin bir necha kun ichida yo‘lga chiqishga tayyor. Bu Amerika xodimlari va ob’ektlariga nisbatan o‘sib borayotgan tahdidga javoban zaruriy va ogohlantiruvchi chora hisoblanadi», — deb yozdi Esper Twitter’dagi sahifasida. Uning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolari qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, Amerika tomoni ularni himoya qiladi.
Ayni vaqtda, Fox News’ning Pentagondagi manbalarga asoslanib xabar berishicha, AQSH Yaqin Sharqqa taxminan 4 ming harbiyni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar allaqachon buyruq olib bo‘lgan. Ular yaqin bir necha kun ichida Kuvaytga yuborilishi mumkin.
31 dekabr kuni AQSHning Bag‘doddagi elchixonasi oldida ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi — bunga «Kataib Hizbulloh» shia jangari guruhining Suriya bilan chegaradagi Al-Qoim shahrida joylashgan lageriga uyushtirilgan hujum sabab bo‘lgan (hujum oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan). Elchixona qo‘riqlash xizmati ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. To‘qnashuvlar vaqtida 20 ga yaqin odam jabrlangan.
Iroq prezidenti Barham Solih elchixonaga bo‘lgan hujumni qoralagan. Uning fikricha, elchixonaga uyushtirilgan hujum — Iroqning o‘z suverenitetiga qilingan hujumdir.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa ushbu hujum ortida Eron turgani haqida bayonot bergan. U AQSHning odamlari halok bo‘lsa yoki uning ob’ektlariga zarar yetsa, Eronga «katta haq to‘lattirish»ga va’da bergan.
«Bu ogohlantirish emas, tahdid. Yangi yil bilan!», — deb yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida. Keyinroq jurnalistlar bilan muloqot vaqtida Tramp Eron bilan urush bo‘lishii istamasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin