
Foto: Getty Images
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Financial Times nashriga bergan intervyusida merosxo‘rlari kimlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Muxbir suhbat chog‘ida Usmonovdan meros qoldirish masalasini qanday hal qilmoqchiligi haqida so‘ragan. Milliarder bunga javoban “hayot abadiy emasligi”ni va uning yo‘lida ko‘p odamlar unga yordam berganini eslab o‘tgan.
“Shu sababli o‘z oilamga va top-menejerlarimga aksiyalarimni berib yordam bermoqchiman”, deb aytgan Usmonov.
Milliarderning ta’kidlashicha, u boyligining yarmini yaqinlariga, ikkinchi yarmini esa bunga loyiq bo‘lgan xodimlariga berish istagida. Uning aytishicha, bu jarayonda yuqori pozitsiyada bo‘lgan barcha ishtirok etadi.
“Mening tabiatim shunaqa. Taqdir senga in’om etgani bilan bo‘lishishing lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan rossiyalik tadbirkor.
Alisher Usmonov USM Holdings kompaniyasining asoschisi va asosiy aksiyadori hisoblanadi. Hozirda uning boyligi 12,6 mlrd dollarga baholanadi.
Alisher UsmonovMilliarder MerosBoylik Ta’kidiOila YordamAksiyalar BerishTadbirkor Fikri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar