Foto: AP
Tokiodagi an’anaviy baliq auksionida 278 kglik ko‘k tunes balig‘i 193,2 mln iyenga (1,8 mln dollar) sotildi. Bu haqda NHK nashri ma’lum qildi.
Auksion an’anaviy ravishda yanvar boshida Tokio bo‘g‘ozi yaqinidagi Toyesu tumanidagi dunyodagi eng yirik baliq bozorlaridan birida o‘tkaziladi. Ushbu turdagi baliq uchun eng yuqori narxni qatorasiga ikkinchi yil Sushi Zanmai sushi restoranlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Kiyomura kompaniyasi taklif qildi. 2018 yilda ham ushbu kompaniya ko‘k tunes uchun 333,6 mln iyen (3 mln dollar) to‘lagandi.
Kompaniya egasi Kiyesi Kimura o‘z mijozlarini mazali tunes bilan mehmon qilish uchun pulni ayab o‘tirmaydi. Kimura ushbu auksionda muntazam ishtirok etib, eng yuqori narxlarni taklif qilib keladi. Auksionda sotilgan baliqni tutgan 57 yoshli erkakning aytishicha, bunday ovni har bir baliqchi orzu qiladi.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi saytida ko‘rsatilishicha, ko‘k tunes yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turgan tur hisoblanadi. Ushbu turdagi katta yoshli baliq uzunligi 3 metrgacha, og‘irligi esa 680 kggcha yetishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”