12:36 / 07.01.2020
3 402

«IKEA» javoncha tagida halok bo‘lgan bolakayning oilasiga 46 million dollar to‘laydi

«IKEA» javoncha tagida halok bo‘lgan bolakayning oilasiga 46 million dollar to‘laydi
Foto: «Unn.com.ua»
«IKEA» savdo-ishlab chiqarish tarmog‘i AQSHda ikki yoshli bolakayning oilasiga $46 mln to‘lab berish majburiyatini oldi. U ishlab chiqargan javoncha — komod go‘dakning umriga zomin bo‘lgan, deya xabar berdi «Associated Press» agentligi.

«REGNUM»ning yozishicha, kaliforniyalik ikki yoshli Jozef Dudek 2017 yili «IKEA» ishlab chiqargan komod ustiga qulashi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bolakay og‘irligi 32 kilo keladigan «Malm» seriyali komodning ustiga chiqishga urinadi va fojiali ravishda halok bo‘ladi. Hodisadan bir yil oldin AQSH iste’mol mahsulotlari xavfsizligi komissiyasi ushbu seriyadagi komod tufayli to‘rtta bolalar o‘limi haqidagi xabarni keng ommaga tarqatgandi.

«IKEA» bu komodlarni savdodan qaytarib olgan. Lekin Jozefning ota-onasi ushbu mebel haqidagi munozaralardan bexabar qolgan ko‘rinadi. Ular kompaniyani sudga berishdi. Biroq «IKEA» oilaga $46 mln to‘lash majburiyatini olib, ishni sudgacha olib bormadi. 2016 yili Shvetsiya kompaniyasi «Malm» seriyasidagi mebellar bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tufayli bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan uchta vaziyatda $50 mln to‘lab bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «IKEA» javoncha tagida halok bo‘lgan bolakayning oilasiga 46 million dollar to‘laydi