Foto: EPA
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan «kechroq» bayonot berishni va’da qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hujum oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash jarayoni ketmoqda.
«Hammasi yaxshi! Raketalar Erondan Iroqda joylashgan ikkita harbiy baza tomon uchirilgan. Hammasi ko‘ngildagidek ketmoqda! Bugungi kunda bizda jahondagi eng qudratli va eng yaxshi ta’minlangan harbiylar bor! Men (Amerika vaqti bilan) tongda bayonot beraman», — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Xabar berishlaricha, Eronning Amerika harbiy bazalariga hujumidan so‘ng, Oq uyda milliy xavfsizlikning yuqori martabali vakillari, xususan, davlat kotibi Mayk Pompeo, vitse-prezident Maykl Pens va Pentagon rahbari Mark Esper ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilgan. CNN’ning xabar berishicha, yig‘ilish yakuniga yetishi bilan, prezident Donald Tramp Amerika xalqiga murojaat qilishi kutilgan edi.
Keyinroq esa Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem bugun Donald Tramp ma’muriyatidan ortiq hech qanday bayonot bo‘lmasligi, prezident chiqish qilmasligi va bu umuman rejalashtirilmaganligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"