
Toshkentdan Moskvaga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l liniyasiga tuya chiqib olgani uchun 44 daqiqaga kechikdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Mazkur hodisa Qozog‘iston-Rossiya chegarasida yuz bergan.
"Tuya poyezd ketayotgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan. Mashinist bir necha marta ovozli signallar bergan bo‘lsada, tuya yo‘ldan chekinmagan. Shu sababli mashinist poyezd tezligini pasaytirishga majbur bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Tarmoqda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, tuya mashinistning signallariga e’tibor ham bermasdan o‘z yo‘lida davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar