Foto: «Pinterest»
«Global Firepower» eng kuchli armiyalar reytingini yangiladi: jami 137 mamlakat orasida O‘zbekiston 48-o‘rinni egalladi.
O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 39-o‘rinda edi.
Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari reytingda quyidagicha joylashdi: Qozog‘iston — 54-o‘rin (o‘tgan yili — 50-o‘rin), Turkmaniston — 75-o‘rin (o‘tgan yili — 80-o‘rin), Qirg‘iziston — 91-o‘rin (o‘tgan yili — 91-o‘rin), Tojikiston — 94-o‘rin (o‘tgan yili — 96-o‘rin).
Afg‘oniston armiyasi ushbu reytingda 74-o‘rin (o‘tgan yili — 71-o‘rin)dan joy oldi.
Dastlabki uch o‘rinda — AQSH, Rossiya va Xitoy.
Shuningdek, Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya yetakchi o‘nlikda.
Reytingdagi oxirgi uch mamlakat — Surinam, Liberiya va Butan.
«Global Firepower» reytingi 55 xil ko‘rsatkichga asoslanadi, qurol-yarog‘ning nafaqat umumiy soni, balki xilma-xilligi ham e’tiborga olinadi. Reyting asoslangan formula kichik, ammo texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga yirik, biroq texnologiyalari qoloqroq mamlakatlar bilan raqobatlashish imkonini beradi.
Reytingni tuzishda geografik omillar, logistik qulayliklar, tabiiy resurslar, moliyaviy barqarorlik, ichki sanoatning rivojlanganlik darajasi inobatga olinadi. Mazkur reytingda yadro qurollarining mavjudligi, dengizga chiqish yo‘llari bo‘lmagan mamlakatlarda flotning yo‘qligi ahamiyatga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”