Foto: Geo TV
Pokistonlik Sulaymon Xon qor uyumlarida qolib ketgan 100 dan ko‘proq kishini qutqarib qoldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir necha kun avval Pokistonda kuchli qor sababli Kvetta-Zxob shossesida tirbandliklar yuzaga kelgan. Yuzlab mashinalar qor uyumlari qurshovida qolib, bunday og‘ir ob-havo sharoitlarida oziq-ovqat va qalin kiyimlarsiz nima qilishni bilolmay qolishgan.
Shunda Xon odamlarga yordam kelib, ularni mashinasida xavfsiz joyga olib borgan va o‘z uyida ovqatlantirgan. Bundan tashqari, Xon haydovchilarga yonilg‘i ulashgan va ularning xavfsizligini ta’minlagan.
Oxirgi kunlarda Pokistonning tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik sababli yuz bergan qor ko‘chkilari va kuchli sovuq oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi