Afg‘onistonda Moldova aviakompaniyasiga tegishli Mi-8 vertolyoti raketa bilan urib tushirildi. Voqea oqibatida afg‘on harbiylari va Ukraina fuqarolari bo‘lgan ekipaj a’zolari jabrlangan.
Moldova fuqarolik aviatsiyasi idorasi matbuot kotibi Irina Bodolikening xabar berishicha, hujum 25 yanvarda Gilmand viloyatida sodir etilgan.
Uning ta’kidlashicha, vertolyot Afg‘oniston milliy armiyasi harbiylarini olib ketayotganda toliblar hujumiga uchragan. Vertolyot avariyaviy holatda qo‘na olgan, ekipaj va yo‘lovchilarni ortdan kelayotgan boshqa vertolyot o‘z bortiga olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 4 harbiy va ekipajning 2 a’zosi jarohat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi