18:30 / 26.01.2020
4 135

Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1200 dan oshdi

Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1200 dan oshdi
Foto: Anadolu AA
Turkiya sharqida yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1243 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p jabrlanganlar Elyazig (843) va Malatya (226) viloyatlarida bo‘lgan. Bundan tashqari, Diyorbakir, Shonliurfa, Adiyaman, Qahramonmarash, Botmon viloyatlarida ham jabrlanganlar bor.

Tabiiy ofat yuz bergan hududda 3,7 mingga yaqin qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Qayd etilishicha, zilzila natijasida 30 ta bino vayron bo‘lgan va 81 ta binoga kuchli zarar yetgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyada 25 yanvar, yakshanba kuni 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1200 dan oshdi