
Foto: Los Anjeles Times
Yangi turdagi koronavirus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahridan 240 amerikalik evakuatsiya qilindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Samolyot Alyaskadagi Ankorijda yonilg‘i to‘ldirish uchun qo‘ngan, u so‘ngra Janubiy Karolinaga yo‘lini davom ettirishi kerak. Ta’kidlanishicha, samolyotda diplomatlar va Uxanda bo‘lgan boshqa amerikaliklar bo‘lgan.
E’tiborlisi, amerikaliklarni evakuatsiya qilgan samolyotda illyuminatorlar bo‘lmagan.
Mahalliy Anchorage Daily News nashrining Alyaska shtati sog‘liqni saqlash departamenti vakiliga tayanib xabar berishicha, samolyot qo‘ngan hudud izolyatsiya qilingan. Yo‘lovchilar koronavirusga tekshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar