Foto: AFP
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni 170 nafarga, kasallanganlar soni 7771 nafarga yetdi. Shuningdek, virus Xitoyning Tibet provinsiyasida ilk bor qayd qilindi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Shu tariqa koronavirus butun Xitoyni qamrab oldi. Avvalroq Tibetda koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagandi.
Bir kun avval virusdan 132 kishi vafot etgani, 5974 kishi kasallangani ma’lum qilingandi. Bundan ko‘rish mumkinki, bir kun ichida qurbonlar soni 38 nafarga, kasallanganlar soni esa 1737 nafarga oshgan. Qurbonlarning 37 nafari virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri kelgan.
Shifoxonada qolayotgan bemorlardan 124 kishiga javob berilgan.
Dunyoda yangi virusdan kasallanganlar umumiy soni 8 ming kishiga yetdi. Xitoyda 7771 ta, uning ma’muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 10 ta, Makaoda 7 ta va Tayvanda 8 ta kasallanish holati qayd etilgan.
Osiyoning qolgan davlatlarida koronavirusdan 71 ta, Yevropada 8 ta, Shimoliy Amerikada 8 ta, Avstraliyada 5 ta va dunyoning boshqa hududlarida 5 ta kasallanish holati qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"