
Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, bolalardagi yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Ivan Konovalovning so‘zlariga ko‘ra, yangi 2019- nCoV maishiy buyumlar, pul banknotalari va uyali telefonlar orqali, havo orqali yuqadigan har qanday infeksiya kabi yuqtirilishi mumkin.
Virus bemorning yo‘tal yoki aksirishi orqali havo tarqaladi, maishiy buyumlar ustiga tushadi. Bu gripp virusi, qizamiq, suvchechak, rinovirus va yangi koronavirusga xos.
Xitoylik mutaxassislarning ta’kidlashicha, virus havo-tomchi yo‘li bilan 1-2 metrdan va virus tushgan qo‘llar bilan ko‘zni ishqalash orqali yuqishi mumkin.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11,7 mingdan ko‘proq odam unga yo‘liqqan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi koronavirusdan o‘lish darajasi 2,5 foizni tashkil qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar