Foto: Carlos Garcia Rawlins / Reuters
Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan vafot etganlar soni bir kun ichida 65 nafarga ko‘paydi.
Koronavirus qurbonlari umumiy soni 490 nafarni, u bilan kasallanganlar 24,3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Bir kun avval virusdan 425 kishi vafot etgani, 20,4 ming kishi kasallangani ma’lum qilingandi, 892 kishi sog‘ayib ketgan.
Xitoyning ma’muriy hududlari hisoblanuvchi Hongkongda 18 kishi, Makaoda 10 kishi, Tayvanda 11 kishi virusga chalingan. Shuningdek, Hongkongda virusdan ilk o‘lim holati qayd qilindi.
Ayni vaqtda Xitoyda kasallar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 185 ming kishi nazorat ostida qolmoqda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida virusdan 24 ta davlatda 176 kishi kasallangan: Tailand – 25 kishi, Singapur – 24, Yaponii – 21, Janubiy Koreya – 16, Avstraliya – 13, Germaniya – 12, AQSH – 11, Rossiya – 2. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi