date
views 6 679

Prezident o‘zbeklarni haqorat qilganmidi? (video)

Prezident o‘zbeklarni haqorat qilganmidi? (video)
Amir Temur yoki Temurlang?
O‘zbekiston milliy qahramonga aylantirgan Amir Temurni ko‘plab xalqlar Temurlang yoki Tamerlan, deb atashadi.
Asli forscha bu kalima sarkardaning nogironligiga nisbat beradi. Ayrim mamlakatlarda uni Tamerlan deb atashsa-da, bu bilan odamlar sarkardani haqorat qilishni nazarda tutishmaydi.

Biroq Afg‘onistonda o‘zbeklarning tarixiy ajdodlarini qanday atash o‘ta nozik masala. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani yoshlar bilan uchrashuvda o‘z mamlakati suv ta’minoti tizimini Amir Temur vayron etganini urg‘ularkan, uni Temurlang deb atadi. Bu esa mamlakatning ko‘p millionli o‘zbeklari orasida norozilikka sabab bo‘lmoqda.

Afg‘onistonlik o‘zbeklar Prezident G‘ani o‘zbek millatidan kechirim so‘rab chiqishi kerak, deb talab qilmoqdalar. Afg‘oniston davlat rahbari haqiqatan ham o‘zbeklarning ajdodini haqorat qildimi? Amir Temur haqida aytilgan bitta so‘z Afg‘onistondagi vaziyatni izdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Hozir vaziyat qanday? Prezident o‘zbeklardan uzr so‘radimi?
Video lavhamizni ko‘ring:

Kobuldagi Prezidenti saroyi - Arg (Ark) bayonot chiqarishga majbur bo‘ldi va Ashraf G‘ani o‘zbeklarni yoki ularning ajdodini haqorat qilish maqsadida bu gapni aytmaganini urg‘uladi. Amir Temur nomini uning forscha laqabi orqali qabul qilgan dunyodagi ko‘plab xalqlar uni Temurlang, Tamerlan, Tamburleyn, Oqsoq Temur deb atashadi.

Biroq uning nogironligini nazarda tutuvchi forscha "lang" yoki "oqsoq" kalimasini ham ismiga qo‘shib aytish, ko‘plab o‘zbeklar uchun haqoratli jaranglashi mumkin. Ayniqsa, uzoq yillar o‘zaro urushgan va bugun o‘z xalqini birlashtirish maqsadini aytayotgan ko‘p millatli Afg‘onistonda milliy masala hassos.

Afg‘oniston shimolidagi 8 viloyatda taxminan 4-6 million atrofida o‘zbeklar yashashi aytiladi.
Afg‘onistondagi o‘zbeklar bugun u yerda o‘z tillarini rasmiy til darajasiga ko‘tarishdi va mashhur ajdodlari xotirasini tarixiy kitoblar hamda o‘quv darsliklariga kiritishga intilmoqdalar.

Hatto O‘zbekiston ustini ochib, tashlab ketgan Alisher Navoiy qabrini yopish uchun Afg‘oniston o‘zbeklari pul yig‘ib, maqbara qurdirishgan.
Afg‘oniston hukumati ham hozirda O‘zbekiston bilan munosabatlarini yaxshilashga intilmoqda. Bu o‘rinda esa Afg‘on hukumati ko‘p millionli o‘z o‘zbeklari ishonchini qozonishi lozim.

Ishonchni tiklash uchun Afg‘onistonda o‘zbek tili va madaniyati rivojlanishiga sharoit yaratish, u yerda yashab o‘tgan o‘zbeklar xotirasi hamda merosiga hurmat bajo keltirish muhim o‘rin tutadi.

Prezident Ashraf G‘anidan bugun o‘zbeklar nima talab qilishmoqda?

Manba: bbc.com
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezident o‘zbeklarni haqorat qilganmidi? (video)