date
views 2 585

Kontrabanda uchun hukm e’lon qilindi

Kontrabanda uchun hukm e’lon qilindi
Atlantika okeaniga qarashli Kabo-Verde sudida Rossiya dengizchilari kokain kontrabandasi bilan shug‘ullangani uchun 13 yildan 18 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Prokuror sudda Kabo-Verdeda bir yil oldin 9,5 tonna kokainni olib o‘tish paytida qo‘lga olingan rossiyalik dengizchilarni 13 yildan 18 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. 11 nafar rossiyalik dengizchilarga nisbatan giyohvand moddalar kontrabandasi va uyushgan jinoyatchilik to‘dasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda. 27 yanvar kuni boshlangan Prayadagi sud muhokamasida rossiyaliklarni o‘z davlati tomonidan yollangan mahalliy advokatlar himoya qilmoqda. 75 yoshli kema kapitani uchun eng uzoq muddat — 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi so‘ralgan, deb xabar beradi RIA Novosti AFPga asoslanib. Prokuror qolgan dengizchilarga martabasiga qarab 13 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga qaror kilishlarini talab qildi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, ekipaj a’zolari ongli ravishda harakatlangan. Tajribali dengizchilar qanday turdagi yuklarni tashishlarini bilmasdan shartnomalar tuza olmaydilar. Bundan tashqari, ayblovda aniqlandiki, kemada GPSning ishlamasligi dengizchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan.

Ruslarning himoyachisiga ko‘ra, dengizchilar bu voqealarga mavjud vaziyatlarga bog‘liq bo‘lmagan holda jalb qilingan. “Ularni yuk kemasiga yashash uchun pul ishlashga yollashgan, keyin esa ular giyohvand moddalarni tashishga majbur bo‘lishgan”, — deydi advokat. Besh kunlik muhokama tugaganidan keyin sud jarayonining birinchi bosqichi amalga oshdi. Kabo-Verdedagi Rossiya elchixonasidan TASSga xabar berishlaricha, yaqin dushanbada sud o‘z xulosasini ishlab chiqishga kirishadi. Hukm 28 fevralda e’lon qilinadi. Hozirda rus dengizchilari o‘zlarini aybdor deb tan olishmayapti.

— Dengizchilar oilalariga ularga qo‘yilgan ayblovni shu hafta boshida uyushgan jinoiy uyushmada ishtirok etish to‘g‘risidagi moddaga binoan ayblovni olib tashlashga erishish rejalashtirilgan. Agar ayblovni moddani o‘zi bilan olib tashlashni iloji bo‘lganda edi ularni kichikrok jazo kutardi, — deydi Rossiya Davlat Dumasi deputati Aleksey Veller.

Shuningdek, dengizchilarning so‘zlariga ko‘ra, kemadagi qoplar ochiq dengizga ikkita qayiqqa yuklangan. Yaqinrokda uchinchi qayik turardi, lekin u yaqin kelmadi, ammo bizning dengizchilarimizni tasdiqlashicha, u yerda qurollangan odamlar bor edi, — deydi RT. Kuzatilgan hujjatlarda “hech qanaqa kokain haqida gap yo‘q”. Yana Vellerning qo‘shimcha qilishicha, ikkita ispaniya va meksikalik boshliqlar Kabo-Verdelik ma’murlar tomonidan aniqlanib, xalqaro qidiruvga berildi.

O‘tgan yili dengizchilar taqdiri Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning Kabo-Verde shahridagi hamkasbi bilan uchrashuvida muhokama qilgan edi. Shundan so‘ng, rossiyaliklar o‘z vatanlarida jazoni muddatini o‘tashlari mumkinmi, degan savol tug‘ilgan edi.

— Men Rossiyaga ham tegishli bo‘lgan shu pozitsiyada harakat qilishda davom etishimiz kerak, deb o‘ylayman. Biz sud qarorini kutamiz va shunga qarab keyingi qadamlar aniqlanadi, — dedi Veller.

16 yanvar kuni ma’lum bo‘ldi-ki, hibsga olingan dengizchilardan biri Sergey Jivotov uzoq davom etgan kasallikdan keyin Prayadagi shifoxonada vafot etdi. Bu ESER ekipaji a’zolari ichidagi ikkinchi o‘lim hisoblanadi. 2019 yil 30 yanvarda kema kapitani katta yordamchisining o‘lgani munosabati bilan kema Praya portiga kiradi va oqibatda ushlab qolinadi. Kema bortida kokain yuklangan qoplar borligi haqida Kabo-Verde mamuriyatiga Yevropa Ittifoqidagi giyohvandlikka qarshi kurashish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi MAOC (N) markazi xabar bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kontrabanda uchun hukm e’lon qilindi