Foto: «RIA Novosti»
Gonkong fan va texnika universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qisqa vaqt ichida aniqlovchi qurilma ixtiro qildi, deb xabar berdi «RBK»ga tayanib Daryo nashri.
«Mikrosuyuq chiplarning yangi texnologiyasi tufayli qurilma koronavirusni 40 daqiqada aniqlay oladi», — deyiladi xabarda.
Taqqoslash uchun, hozirda koronavirusni aniqlash uchun ishlatilayotgan texnologiya bu jarayon uchun 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflaydi.
Yangi uskunaning ishlash tartibi burun bo‘shlig‘idan olingan namunani tekshirishga qaratilgan.
Har bir qurilma mikroflyuid portativ PCR analizatori, dastlabki qayta ishlash bloki, biotest chipi va koronavirus nuklein kislotalarini aniqlash uchun yangi to‘plamlar bilan jihozlangan. Bunda uskuna bir vaqtning o‘zida sakkizta namunani tekshira oladi.
Avvalroq Xitoy hukumati koronavirusga davo topilganini ma’lum qilgan edi. Uxan shahridagi virusologiya instituti 2016 yildayoq Amerikaning Gilead Sciences biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan «Remdizivir»ga patent olish uchun talabnoma kiritdi.
Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi