date
views 2 763

2019 yilda Tojikistonga borgan sayyohlarning uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari bo‘ldi

2019 yilda Tojikistonga borgan sayyohlarning uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari bo‘ldi
2019 yilda Tojikistonga kelgan sayyohlar soni 1 257 300 nafarni tashkil etdi. Bu – 2018 yil bilan taqqoslaganda 21,6 foizga ko‘proqdir.
Sayyohlarning ko‘pchilik qismini O‘zbekiston fuqarolari (67,9 foiz) tashkil etadi. 2019 yili 853 634 nafar o‘zbekistonlik Tojikistonga borgan, ulardan 99 foizga yaqini turistik maqsadda kelganini bildirgan.

Bu haqda Tojikiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Shirin Amonzodaga asoslanib, Asia Plus xabar bermoqda.
Turistlar eng ko‘p kelgan davlatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda Rossiya qayd etilgan. O‘tgan yili federatsiyaning 212 ming fuqarosi Tojikistonga borgan. Yuqori uchlikni 116 ming sayyoh bilan Qirg‘iziston yakunlab bergan.

Umuman olganda, rasmiylarga ko‘ra, mamlakatga sayyohlar oqimi geografiyasi kengayib boryapti – o‘tgan yili Tojikistonga sayohat qilish maqsadida dunyoning 146 mamlakatidan turistlar kelgan. 2016 yilda bunday mamlakatlar soni 59tani tashkil etardi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, turizm 2019 yilda Tojikiston YAIMning 2,2 foizini tashkil etdi. Turistik xizmatlar qamroviga ega sohalar ulushi esa 10,4 foizga teng.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilda Tojikistonga borgan sayyohlarning uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari bo‘ldi