
Foto: REUTERS
AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa madaniyatlardan milliondan ortiq migrantlarning kelishi Yevropa madaniyatini yomon tomonga o‘zgartirib yuborganini aytdi.
"Yevropa bilan yuz bergan narsa sharmandalik deb o‘ylayman. Yevropada immigratsiyaga o‘rin berish - sharmandalik. Bu Yevropaning to‘qimalarini o‘zgartirib yubordi deb o‘ylayman va zudlik bilan harakat qilinmasa, u ilgarigidek bo‘lmaydi. Sizlar o‘z madaniyatingizni yo‘qotyapsizlar deb o‘ylayman", - dedi u Britaniyaning The Sun nashriga bergan intervyusida.
Tramp Yevropa mamlakatlarini qattiq sevishini aytdi.
"Unutmang, kelib chiqishim bo‘yicha men Yevropa Ittifoqi mahsuliman, Shotlandiya va Germaniyaning. To‘g‘rimi? Otam Germaniyadan, onam esa Shotlandiyadan", - dedi AQSH prezidenti.
AQSH prezidenti ilgari ham Yevropadagi migratsiya siyosatini tanqid qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar