Foto: «Regnum.ru»
Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida joylashgan «Jenchen» turmasida yangi tipdagi koronavirusni ommaviy yuqtirish qayd etildi. 20 fevral holatiga ko‘ra axloq tuzatish muassasida 200 nafar mahbus va 7 nafar xavfsizlik xizmati xodimi kasallikni yuqtirgan, deyiladi provinsiya hukumati bayonotida. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
«Shandun provinsiyasi Szinin shahar okrugidagi «Jenchen» turmasida birdan koronavirus infeksiyasi tarqalib ketdi. 20 fevral holatiga ko‘ra axloq tuzatish muassasi hududida nuklein kislotaga tekshiruv nihoyasiga yetdi. Uning natijasiga ko‘ra, 207 ta kasallikni yuqtirish holati aniqlandi», — deyiladi hukumat bayonotida.
Tekshiruvdan 2077 nafar kishi o‘tgan bo‘lib, 200 nafar mahbus va 7 nafar posbonda virus aniqlangan. Ta’kidlanishicha, kasallikni yuqtirganlarning bari izolyatsiyaga olinib, muolaja olishmoqda.
Provinsiya hukumatining xabariga ko‘ra, fevralning boshlarida ayrim posbonlarda yo‘tal alomati paydo bo‘lgan, 12 fevral kuni esa turmaning xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri kuchli yo‘tal tufayli karantinga joylangan, 13 fevralda undagi tashxis tasdiqlandi.
Shundan so‘ng turma rahbariyati va provinsiya hukumati «Jenchen» turmasida kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rdi. Biroq kech bo‘lgandi. Hodisa tufayli provinsiya adliya boshqarmasi boshlig‘i Sze Veyszyun lavozimidan bo‘shatildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi