
Qozog‘istonda moliyaviy piramida aniqlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Adilov brifingda ma’lum qildi.
“Hozirda 22 ta jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan uchtasi moliyaviy piramidadir: Lombard 24, Esteyt Lombard hamda Foydali kredit”, — dedi Sanjar Adilov seshanba kungi brifingda.
Qozog‘iston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd tenge (125 mlrd so‘m)ni tashkil etadi. Zarar gumonlanuvchilarning mol-mulklari hisobidan qaytariladi.
Hozirda 9 nafar kishi, jumladan 3 nafar piramidalar asoschilari xalqaro qidiruvga berilgan. 13 kishi esa hibsga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar