Fransiyaliklarning chorak qismi hojatxonaga kirgandan keyin qo‘lini yuvmaydi

Fransiyaliklarning chorak qismi hojatxonaga kirgandan keyin qo‘lini yuvmaydi
Fransiyada koronavirus epidemiyasiga qarshi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga chaqiriqlar yangrayotgan bir paytda aholining gigiyena bilan qanchalik oshno ekani kun tartibiga chiqdi.

“Yevronyus” xabariga ko‘ra, Ifop markazi aholining shaxsiy gigiyena qoidalariga qanchalik amal qilinishini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi, natijalar aslo maqtagulik emas.

Ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik erkaklarning 25 foizi, ayollarning esa 20 foizi har kuni dush qilmaydi. Erkaklarning 5 foizi, ayollarning 4 foizi haftada atigi bir marta yuvinadi.

Fransuzlarning kamida 25 foizi hojatxonaga kirib chiqqandan keyin qo‘lini yuvmas ekan, ovqatlanishdan oldin qo‘l yuvadiganlar esa 49 foizni tashkil etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar