
Xitoylik taniqli aktyor Jeki Chan koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda US Hola nashri xabar tarqatdi.
65 yoshli aktyor Gongkongdagi 60 kishilik tadbirda qatnashgan. Tadbir ishtirokchilari ichida virus yuqtirganlar bo‘lgan.
Bayram tadbiridagi politsiya vakilida kasallik belgilari aniqlangan. Boshqa qatnashchilar zudlik bilan karantinga olingan.
Hozircha Jeki Channing yaqinlari va mahalliy hukumat uning kasallikka chalinganini tasdiqlamagan.
Hozirga qadar koronavirus bilan 80 mingga yaqin kishi og‘rigani aniqlandi.
Avvalroq, Jeki Chan virusga qarshi vaksina topgan kishiga bir million dollar va’da qilgandi.
Jeki ChanKoronavirusXitoylik AktyorTadbirda QatnashganKasallik BelgilariVaksina Topgan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar