
Foto: EPA
Eronning oila va ayollar masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekarda koronavirus uchun o‘tkazilgan test ijobiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, Ebtekar ko‘rikdan chorshanba kuni o‘tgan, ularning natijasi payshanba kuni ertalab olingan. Shundan so‘ng, u uy karantinida qolishga qaror qilgan.
Avvalroq, parlamentning Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Mujtob Zunnur, deputat Mahmud Sodiqiy va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iroj Xarirchi ham koronavirus bilan kasallangandi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusni yuqtirish holatlari soni 245 tani tashkil etadi, shundan kamida 26ta o‘lim qayd etilgan.
Eron Vitse-prezidentiOila Va AyollarKoronavirus TestiIjobiy NatijaMilliy XavfsizlikUy Karantini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar