
Bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Istanbulda partiyadoshlari bilan uchrashdi. U o‘z nutqida Suriyadagi vaziyat va qochqinlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Erdog‘anning ta’kidlashicha, Turkiyaning Suriyada bo‘lishidan yagona maqsadi chegarada xavfsiz hudud barpo etishdir. “Hurmatli Putindan sizlarning u yerda nima ishingiz bor, deb so‘radim.
Agar harbiy baza qurmoqchi bo‘lsangiz, quravering, lekin bizni Suriya hukumati bilan yakkama-yakka qoldiring, deb aytdim”, – dedi u.
Erdog‘an Suriya armiyasining hujumlari oqibatida 4 million kishi Turkiya chegaralari tomon harakatlanayotganini ma’lum qildi: “1,5 millioni hozir chegarada, 3,7 million suriyalikni Turkiyada olib o‘tiribmiz, qochqinlarning yangi to‘lqinini ko‘tara olmaymiz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kechadan beri 18 ming qochqin Yevropaga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi va endi Turkiya qochqinlarning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ma’lumki, Yevropa Ittifoqi va Anqara o‘rtasida 2016 yilda tuzilgan kelishuvga muvofiq Turkiya qochqinlarning noqonuniy yo‘llar bilan Yevropaga o‘tishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan edi.
Shuningdek, prezident Erdog‘an Suriyada halok bo‘lgan turk askarlarining soni 36 nafargan yetganini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar