
Qozog‘istonda 14 martdan 22 martgacha Navro‘z bayramini nishonlash taklif qilindi, deb xabar qildi Sputnik.
Axborot va jamoatchilikni rivojlantirish vazirligi mamlakatda Navro‘zni nishonlash bo‘yicha yangi konsepsiyani ishlab chiqildi. Ta’kidlanishicha, 9 kunning 6 kuni bayramga tayyorgarlik ko‘rish kunlari bo‘ladi, har bir kunga alohida mavzu biriktirilishi mumkin.
Yangi konsepsiya “Navro‘zda xayrli ishlar” deb nomlandi:
• 14 mart – qarindoshlar va do‘stlar bilan uchrashuv kuni;
• 15 mart – xotira kuni;
• 16 mart – tabiatga ehtiyotkorlik munosabat kuni;
• 17 mart – ko‘ngillilarni jalb qilgan holda xayrli ishlar kuni;
• 18 mart – sport va hunarmandchilik kuni;
• 19 mart – donolik va bilimlar kuni;
• 20 mart – oilaviy an’analar va yaxshi odatlar kuni;
• 21 mart Navro‘z – milliy taomlar kuni;
• 22 mart Navro‘z– Yangilanish va yangi hayotning boshlanishi bayrami. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar