14:09 / 06.03.2020
3 976

Koronavirusdan zararlanganlar soni 98 mingga, virus tarqalgan mamlakatlar soni 90ga yaqinlashdi

Koronavirusdan zararlanganlar soni 98 mingga, virus tarqalgan mamlakatlar soni 90ga yaqinlashdi
Foto: Unian
6 mart kuni holatiga ko‘ra butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 97 948 nafarni tashkil etmoqda. Vafot etganlar soni 3383 nafar, 55 186 kishi sog‘aygan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Xitoyda virusdan zararlanishning 143ta yangi holati aniqlangan, 31 kishi vafot etgan. 5 mart kuni jahonning boshqa mamlakatlarida jami 2098ta yangi holat va 53 o‘lim holati qayd etilgan. Virus yana 5 mamlakatda aniqlangan: Bosniya va Gersegovina, Gibraltar, Vengriya, Sloveniya va Falastin muxtoriyati. Ayni vaqtda virus qayd etilgan mamlakatlar soni 88tani tashkil etmoqda.

Xitoydan tashqarida uch mamlakat virus o‘choqlari bo‘lib turibdi - Janubiy Koreya (6284 kishi kasallangan, 42 kishi vafot etgan), Italiya (3858 kishi kasallangan, 148 kishi vafot etgan) va Eron (3513 kishi kasallangan, 107 kishi vafot etgan).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan zararlanganlar soni 98 mingga, virus tarqalgan mamlakatlar soni 90ga yaqinlashdi