
Foto: Anadolu
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin Turkiyaga qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Avvalroq Turkiya AQSHdan Suriya bilan chegarasida Patriot zenit-raketa majmualarining ikkita batareyasini joylashtirishni so‘ragani ma’lum qilingan. Biroq Vashingtondan hali javob bo‘lmagan.
Erdo‘g‘an AQSH Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berishiga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, Turkiya “Vashingtonning e’tirozlariga qaramay”, Rossiyaning S-400 majmualarini qo‘llaydi.
“Turkiya Rossiyadan S-400’ning barcha komponetlarini olib bo‘ldi. Tizimlar aprelda faollashtiriladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar