
Foto: WBAP.com
Koronavirus vahimasi ortida oxirgi 9 kun ichida jahon fond birjalarida 9 trln dollar yo‘qotildi. Bu haqda 6 mart kuni CNN telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Aksiyalar narxi nafaqat AQSH fond birjalarida, balki Yevropa va Osiyoda ham tushib ketgan. Yaponiyaning tayanch indeksi Nikkei 225 6 mart kuni 2,7 foizga, Janubiy Koreya indekslari 2,2 foizga, Hongkong birjasi indeksi 2,3 foizga, Xitoyning SHCOMP indeksi 1,3 foizga tushib ketgan.
Yevropadagi fond birjalari Yevropa davlatlarida koronavirus jadal tarqalayotgani haqidagi xabarlar ortida 3-3,6 foizga pasaygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar