Italiyada oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari barcha do‘konlar yopilishiga to‘g‘ri keldi, ammo virusdan halok bo‘lish hollari ko‘payishda davom etmoqda.
Bosh vazir Juzeppe Konte barlar, restoranlar, sartaroshxonalar va kompaniyalarning zarur bo‘lmagan bo‘limlari ham yopilishini aytdi. Uyga yetkazib berish xizmatiga ruxsat etiladi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu kasallik pandemiya ekanligini aytgan edi.
JSST rahbari Dr Tedrosning aytishicha, ikki hafta ichida Xitoydan tashqarida holatlar 13 baravar ko‘paydi.
Janob Konte televideniye orqali qilgan chiqishida amaldagi cheklovlarning payshanbadan 25 martgacha davom etishi va holatlar darajasiga qarab yana ham uzaytirilishi mumkinligini aytdi.
Mamlakatda allaqachon maktablar, sport zallari, muzeylar, tungi klublar va boshqa joylar yopilgan.
Dorixonalar va oziq-ovqat do‘konlari ochiq qoldirilgan.
Shu kunga qadar 12000 dan ortiq tasdiqlangan holatlar va 827 kishining o‘limi kuzatildi.
Bemorlar orasida "Yuventus" futbol klubining o‘yinchisi Daniyel Rugani ham bor.
"Hozirda klubda izolyatsiyalash tartibi qat’iy o‘rnatilgan bo‘lib, o‘yinchi bilan aloqada bo‘lganlar aniqlanmoqda", deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi