16:26 / 12.03.2020
3 756

Yana uch davlat Rossiyaga «neft urushi» e’lon qildi

Yana uch davlat Rossiyaga «neft urushi» e’lon qildi
Foto: Reuters
Yana uch davlat — Iroq, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari Rossiyaga «neft urushi» e’lon qildi.

Xabar qilinishicha, Saudiya Arabistonining ortidan OPЕKka a’zo Iroq va Quvayt ham neftga chegirmalar e’lon qilgan. Iroq aprel oyida Osiyo davlatlari uchun neftning bir barrelini 5 dollar arzonroq sotishga tayyor ekanini bildirgan. Quvayt esa 6 dollarlik chegirmalar e’lon qilgan. Boz ustiga Bog‘dodda neft qazib chiqarishni oshirish rejalashtirilmoqda.

Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi esa (Abu Dhabi National Oil Company) kelasi oyda neft qazib chiqarishni oshirishni rejalashtirmoqda. Bu ham o‘z navbatida narxga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 6 mart kuni OPЕK+ kelishuvidan chiqqanini ma’lum qildi. Shundan so‘ng neft narxlari 1991 yilgi minimumga qadar tushib ketdi. 9 mart kuni narx 30 foizga pasayib. bir barrel uchun 31 dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana uch davlat Rossiyaga «neft urushi» e’lon qildi